O‘zbekistonda noyabr oyida aholining inflyatsion kutilmalari oktabrga nisbatan deyarli o‘zgarmadi, biznesning kutilmalari esa sezilarli pasaydi. Ish haqi, nafaqalar oshishi narxlarga bosim o‘tkazishini qayd etganlar ko‘paydi. Inflyatsiya 8 foiz va undan kamroq bo‘lishini kutayotganlar ulushi poytaxtda eng kam bo‘ldi.
Markaziy bank ichki va tashqi iqtisodiy omillar hisobiga narxlarga bo‘lgan bosim yuqori qolayotganini qayd etdi. Shuningdek, logistika va tashish narxlarining qimmatlashuvi tovarlar va xizmatlar narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yalpi taklifdagi ayrim uzilishlar inflyatsiyani oshirishi ehtimoldan holi emas.
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2022 yil yakuniga ko‘ra inflyatsiya darajasi 12−12,5% atrofida bo‘lishi, 2023 yilda esa 8,5−9,5% gacha pasayishi prognoz qilindi. Mos ravishda YAIM 5,2−5,8%, 2023 yilda 4,5−5% bo‘lishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting